"Shunday ekan, menga nima!"

"Shunday ekan, menga nima!"

Davlatining izzat va shon-sharafi cho‘qqisiga chiqqan paytda Sulaymon Qonuniy tanazzul boshlanishidan xavfga tushib qoldi. Davlatning shayxulislomi Yahyo afandiga odam yuborib: "Davlat qachon tanazzulga yuz tutib, qulaydi?" deya so‘rattirdi. Shayx: "Shunday ekan, menga nima!", deya javob qildilar. Qonuniy javobdan taajjubga tushdi va shayxning oldilariga borib: "Ey shayx, javobingizni tushunmadim", dedi.

Yahyo afandi javobga izoh berdilar:

- Agar zulm yoyilib, fasod tarqasa, bu zulm va fasodni eshitgan, ko‘rgan kishilar: "Shunday ekan, menga nima!", deb o‘zini o‘ylasa, davlat tanazzulga uchraydi, qulaydi.

- Podachilar podani talaganini ko‘rib, buni bilganlar sukut qilsa, davlat tanazzulga uchraydi, qulaydi.

- Faqir, muhtoj va miskinlarning yig‘isi va faryodi osmonga o‘rlasa-yu, ularni toshu daraxtdan boshqa eshituvchi topilmasa... mana shu paytda intiho yaqinlashadi, davlat qulaydi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!