Shuhrat Qayumovning o‘limi haqida asossiz ma’lumot tarqatganlarga raddiya berildi (video)

Shuhrat Qayumovning o‘limi haqida asossiz ma’lumot tarqatganlarga raddiya berildi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov 22 sentyabr kuni olamdan o‘tdi. Oliy toifali suxandonlar Surayyo Ablakulova hamda Namuna Zohirova Shuhrat Qayumovning o‘limi bilan bog‘liq asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslikni iltimos qildi. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda.

Suxandonlar bu haqda YouTube’dagi Yashin TV’ga bergan xotira intervyusida ma’lum qildi.

Kechadan boshlab internetda juda ham ko‘p, har xil ma’lumotlar berilyapti. Hozir ham bir joyda intervyu berib keldik, o‘sha yerda ham iltimos qildim. Yana bir bor iltimos qilmoqchiman: iltimos, bilmasanglar, noto‘g‘ri ma’lumot bermanglar.

Kelinglar, ijodlari haqida, o‘zlari haqida ko‘proq gapiraylik, chunki har xil noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu turli gap-so‘zlarni ko‘paytiradi. Duo qilaylik, bu insonning ibratli fazilatlari haqida ko‘proq gapirsak yaxshi bo‘lardi.

O‘pkasi kasal edi, unday edi, bunday edi degan gaplar asossiz.

Surayyo Ablakulova, oliy toifali suxandon

Oliy toifali suxandon Namuna Zohirova ham Shuhrat Qayumovning vafoti haqida uning oilasi, ayoli gapirgani ma’qulligini ta’kidladi: «Bu haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lgan oilasi, turmush o‘rtog‘i gapirgani maqsadga muvofiq deb o‘ylayman. Hozircha faqatgina ularning haqqiga duoda bo‘laylik».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!