Shuhrat G‘aniyevning sobiq matbuot kotibi Muhammadjon Obidov iste’foga chiqdi. U pnevmoniyaga chalingan (FOTO)

Shuhrat G‘aniyevning sobiq matbuot kotibi Muhammadjon Obidov iste’foga chiqdi. U pnevmoniyaga chalingan (FOTO)

Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyevning matbuot kotibi sifatida tanilgan jurnalist Muhammadjon Obidov iste’foga chiqdi. U pnevmoniyaga chalingan. Bu haqda jurnalistning o‘zi xabar berdi.

"Hurmatli feysbukdoshlar!

Allohning sinovi ekan, 17 sentyabrdan buyon pnevmoniya kasalligi bilan shifoxonadaman. Bir oz jiddiyroq keldi. O‘pkaning 45 foizi shikastlangan. Shuhrat G‘aniyevni kuzatish, Xayrullo Bozorovni tayinlash marosimida ham ishtirok etolmadim. Vrachlar yaxshi qarashyapti. Ammo o‘zgarish juda sust.

Hokimlikning Axborot xizmatini bir kun ham egasiz qoldirib bo‘lmaydi. Qolaversa, yangi hokim ish boshladi. Shuning uchun bugun bir qarorga keldim: Farg‘ona viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbarligiga iste’fo berdim. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan ilgari ham, hozir ham uchrashmaganman. Shunday bo‘lsada kasalligimni inobatga olib, avval tuzalib chiqsin, yoki telefonda bir so‘zlashay demasdan iste’foimni qabul qilibdilar. Xursand bo‘ldim.

Bir yil G‘aniyev bilan astoydil, fidoyilik va sadoqat bilan ishladim. Yangi tizim – Axborot xizmati imidjini ham yaratdik. Men shu davr faoliyatim bilan faxrlanaman. G‘aniyev kuchli shaxs va buni respublika miqyosida qiladigan ishlari bilan isbotlashiga aminman.

Do‘stlar, mening iste’foimni boshqacha talqin qilmay qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilasizlar, deb umid qilaman. Qo‘lingizdan kelsa, duo qilib qo‘ying", deb yozadi u.

Shuhrat G‘aniyevning sobiq matbuot kotibi Muhammadjon Obidov iste’foga chiqdi. U pnevmoniyaga chalingan (FOTO)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!