Shuhrat G‘aniyevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Shuhrat G‘aniyevga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

 

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning 2020 yil 4 apreldagi qarori bilan Mirzohid Murodilovich Ubaydullayev Farg‘ona viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U bunga qadar Marg‘ilon shahar hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adhamjon To‘xtasinov Marg‘ilon shahar hokimi etib saylangani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!