Shri-Lankaning sobiq prezidenti o‘ziga boshpana topolmayapti

Shri-Lankaning sobiq prezidenti o‘ziga boshpana topolmayapti

Shri-Lankaning sobiq prezidenti Rajapaksa bir oydan beri uy topa olmayapti. Dastlab u Maldiv orollariga, u yerdan Singapurga, kecha esa Tailandga uchib keldi.

Tailand bosh vaziri diplomatik pasport egasi sifatida sobiq prezident o‘z mamlakatida 90 kun qolishi mumkinligi, biroq unga siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanganini aytdi.

"Dastlab Rajapaksaning samolyoti Pxuket kurort oroliga qo‘nishi kerak bo‘lgan. Ammo ma’lumotlar sizib chiqishi mumkinligi sababli xavfsizlikni ta’minlash osonroq bo‘lgan ulkan megapolis – Bangkokga qo‘nishi bo‘yicha qaror qilingan", — deb yozadi Bangkok Post.

Aeroportda uni Tailand xavfsizlik kuchlari kutib oldi va mehmonxonagacha kuzatib qo‘ydi. Hozirda u o‘sha yerda fuqarolik kiyimidagi polisiyachilar himoyasida. Shu bilan birga, sobiq prezidentga xavfsizlik nuqtai nazaridan tashqariga chiqmaslik tavsiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!