Shomurodov katta ehtimol bilan yanvarda "Roma"dan ketadi

Shomurodov katta ehtimol bilan yanvarda "Roma"dan ketadi

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov katta ehtimol bilan yanvar oyidagi transfer oynasida klubini o‘zgartiradi.

27 yoshli futbolchi yozda «Roma»ni tark etishi mumkin edi, ammo keyin barcha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

Italiyalik taniqli insayder Nikolo Skiraning fikricha, Shomurodov rimlik murabbiy Joze Mourinyoning rejalariga kiritilmagan, shuning uchun klub yanvar oyida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini sotishga harakat qiladi.

Futbolchiga da’vogarlar qatorida «Torino», «Monsa» va «Sampdoriya» klublari bor.

Eldor Shomurodov joriy mavsumning birinchi yarmida sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urdi va bugun Qozog‘iston darvozasini ishg‘ol qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!