Shols Turkiyaning SHHTga qo‘shilishi haqidagi savolni eshitib jig‘ibiyron bo‘ldi

Shols Turkiyaning SHHTga qo‘shilishi haqidagi savolni eshitib jig‘ibiyron bo‘ldi

Germaniya kansleri Olaf Shols Turkiyaning SHHTga a’zo bo‘lishi muhokama qilinganida g‘azablanganini, SHHT dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatishga hissa qo‘shishiga ishonmasligini aytdi.

“Bizning fikrimizcha, bu dunyoda yaxshi munosabatlar o‘rnatishga juda muhim hissa qo‘shadigan tashkilot emas. Shu bois, bu masalaning rivoji va bu boradagi muhokamalardan juda g‘azabdaman”, – dedi Germaniya kansleri Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!