Shols Rossiyani “Shimoliy oqim” turbinasini qaytarib olishga va gaz importini davom ettirishga chaqirdi

Shols Rossiyani “Shimoliy oqim” turbinasini qaytarib olishga va gaz importini davom ettirishga chaqirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols yana Rossiyani Kanadada ta’mirlangan “Shimoliy oqim” turbinasini qaytarib olishga va gaz importini davom ettirishga chaqirdi.

Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi bunga javoban GFRni “haftada 7 juma” seriyasidan qochish uchun avvalo o‘z xohish-istaklari to‘g‘risida qaror qabul qilishga chaqirdi:

"Rossiyaga ushbu va muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni talab qiluvchi boshqa turbinalar Yevropa Ittifoqi, Kanada va Buyuk Britaniya (turbinani yetkazib beruvchi) tomonidan sanksiyalarga duchor bo‘lmasligini rasmiy tasdiqlash kerak. "Gazprom” bunday hujjatlarni olmagunicha, bu va boshqa turbinalar joriy etilmaydi. Bu turbinani qabul qilish yoki boshqa bloklarni ta’mirlashga jo‘natish mumkin”, dedi Rossiya elchixonasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!