Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq yerga qulatdi (video)

Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq yerga qulatdi (video)

O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi. 

Meksikalik Adriana Estrellaniga qarshi bo‘lib o‘tgan jangda Ergashev raqibiga birorta ham imkoniyat qoldirmadi. Birinchi raunddayoq Ergashev Estrellanini nokautga uchratdi. 

Bu Shohjahon Ergashevning professional ringdagi 18-jangda qo‘lga kiritgan 18-g‘alabasi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, ushbu 18 jangdan 16tasi nokaut bilan yakun topgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!