Shinjonda yirik neft koni topildi

Shinjonda yirik neft koni topildi

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati Tarim havzasida 1,7 milliard tonna neft zaxirasiga ega yirik kon topildi, deya xabar bermoqda Xuansyu Shibao nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Sinopec group Xitoy neft-kimyo korporasiyasi Shunbey neft-gaz konida (Tarim havzasi) qidiruv ishlarini olib borish chog‘ida 1,7 milliard tonna neft zaxirasiga ega neft konini aniqlagan.

Yangi neft koni dunyodagi eng chuqur tijorat neft va gaz konlaridan biri bo‘lib, o‘rtacha chuqurligi 7 kilometrdan oshadi.

Shinjondagi Tarim havzasida 6000 dan 10000 metrgacha chuqurlikda joylashgan neft va gaz zaxiralari Xitoydagi umumiy neft va tabiiy gaz zaxiralarining mos ravishda 80% va 60% dan ortig‘ini tashkil qiladi.

Nashrning yozishicha, Tarim havzasidagi neft va gaz zaxiralari Xitoyning yaqin 10 yildagi ehtiyojlarini qondira oladi. Yangi neft konining topilgan zaxiralari ikki yil davomida neftga bo‘lgan ichki ehtiyojni ta’minlashi mumkin. Chunki mamlakatda yiliga 800 million tonnaga yaqin neft ishlatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!