Shinjonda sovuqdan 7 kishi vafot etdi

Shinjonda sovuqdan 7 kishi vafot etdi

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududida (SHUAH) yetti kishi sovuqdan vafot etdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.

«Altay shahri xalq hukumati (SHUAH, Altay okrugi) 28 noyabr kuni keskin sovuq ob-havo tufayli yetti nafar ishchi halok bo‘lganini ma’lum qildi», - deyiladi «Sinxua» xabarida.

O‘tgan dam olish kunlari Shinjon shimolidagi Altay tumanida so‘nggi o‘n yildagi eng past harorat qayd etildi, kuchli qor yog‘ib, bo‘ron bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, 26 noyabr, shanba kuni kechqurun bo‘ron paytida mahalliy avtomobil yo‘li uchastkalaridan birida sakkiz nafar ishchi bedarak yo‘qolgan.

Odamlarni qidirishga chiqqan qutqaruvchilar ularni 27 noyabr, yakshanba kuni ertalab topib olishdi. Qidiruv noqulay ob-havo sharoitida - kuchli shamol, bo‘ron va sovuqda amalga oshirildi.

Sakkiz nafar ishchi shifoxonaga yetkazilgan. Biroq yetti kishi sovuqdan vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!