Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q! Kim Chen In buning sababini tushuntirdi 

Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘q! Kim Chen In buning sababini tushuntirdi 

Shimoliy Koreya xalq va Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining uyushgan harakatlari sababli o‘z hududiga koronavirusning kirishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In aytib o‘tdi. 

2 iyunda Kim Chen In Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining yig‘ilishida ishtirok etib, unda mamlakatda oxirgi 6 oy ichidagi epidemiyaga qarshi olib borilgan ishni tahlil qilgan va “jahon sog‘liqni saqlash tizimidagi inqirozga qaramay, Shimoliy Koreya o‘z hududiga virusning kirishiga yo‘l qo‘ymaganini aytgan”.

Shimoliy Koreya rasmiy idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan. Bu orada Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo nashri mart oyida anonim manbaga tayanib, Shimoliy Koreyada koronavirusga chalinish holati qayd etilganini ma’lum qilgan. 

Fevral boshida Shimoliy Koreya koronavirus sababli yangi xorijlik diplomatlarga mamlakatga kirish-chiqishni taqiqlagan. Pxenyan buni epidemiyaning oldini olish uchun ko‘rgan choralaridan biri deb tushuntirgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!