Shimoliy Koreyada ikki kundan buyon koronavirusga chalinish holati qayd etilmayapti

Shimoliy Koreyada ikki kundan buyon koronavirusga chalinish holati qayd etilmayapti

Shimoliy Koreya pandemiya tugashini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mamlakatda may oyining o‘rtalaridan beri birinchi marta yangi holatlar qayd etilmadi.

Bahor oxirida u to‘satdan COVID-19ning birinchi mahalliy epidemiyasi haqida e’lon qildi va mamlakat virus tarqalishini oldini olish uchun qat’iy choralar ko‘rdi.

Kuni kecha esa Shimoliy Koreyaning epidemiyaga qarshi davlat markazi so‘nggi 48 soat ichida yangi bemorlar yo‘qligini ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, bemorlarning taxminan 99,99 foizi to‘liq tuzalib ketgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 74 ga yaqin odam virusdan vafot etgan. Va bu Shimoliy Koreyada o‘lim ko‘rsatkichini - 0,0016% - dunyodagi eng past ko‘rsatkichga aylantiradi.

Seuldagi Xanyang universiteti tibbiyot fakulteti professori Shin Yong-jungning aytishicha, bunday kam o‘lim soni deyarli "mumkin emas".

“Bu hisoblash qobiliyatining yetishmasligi natijasi bo‘lishi mumkin. Keksa odamlarning COVID-19 dan, asosan, uyda o‘lish ehtimoli yuqori ekanligini hisobga olsak, qurbonlar sonini e’lon qilishni istamasligining siyosiy sabablari bor”, deb yozadi u tahlilida.

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar Shimoliy Koreyadagi epidemiya haqidagi rasmiy yangilanishlarni boshidanoq shubha ostiga olishdi. Ko‘pchilik, shuningdek, 26 million aholisi bo‘lgan mamlakatda kasallik avj olishi halokatli bo‘lishidan xavotirda edi. Chunki vaksinani kam odam olgan. Shu bilan birga, ularning katta qismi to‘yib ovqatlanmaydi, sog‘liqni saqlash tizimi esa nochor ahvolda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 74 ga yaqin odam virusdan vafot etgan. Va bu Shimoliy Koreyada o‘lim ko‘rsatkichini - 0,0016% - dunyodagi eng past ko‘rsatkichga aylantiradi.

Seuldagi Xanyang universiteti tibbiyot fakulteti professori Shin Yong-jungning aytishicha, bunday kam o‘lim soni deyarli "mumkin emas".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!