Shimoliy Kipr qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan kema halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

Shimoliy Kipr qirg‘og‘ida sodir bo‘lgan kema halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi

Shimoliy Kiprning Kireniya qirg‘og‘ida cho‘kib ketgan yo‘lovchi kemasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Turkiyaning TRT Haber telekanali xabar bermoqda.

Dengiz kuchlari qo‘mondonligi qidiruv ishlari davomida yana bir bedarak yo‘qolgan shaxsning jasadini topdi.

Avvalroq Shimoliy Kipr Bosh vaziri Unal Ustel kema bortida ekipaj a’zolarini ham qo‘shib hisoblaganda 267 kishi bo‘lganini e’lon qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, cho‘kib ketganidan keyin kemadan 239 kishi qutqarilgan.

Kema qoldiqlari Kireniya qirg‘og‘idan 554 metr chuqurlikda topilgan va bedarak yo‘qolgan 14 kishini qidirish davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nega Isroil O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

Исроил Эроннинг шимолидаги Марказий Осиё давлатлари билан иқтисодий, технологик ва хавфсизлик алоқаларини кучайтиряпти.

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумо