Shifokorlar aybi bilan toshkentlik ayol bir umrga befarzand o‘tadi

Shifokorlar aybi bilan toshkentlik ayol bir umrga befarzand o‘tadi

Toshkent shahar perinatal markazi mas’ul xodimlarining aybi bilan 25 yoshli M.I. onalik baxtidan bir umrga ajraldi, deb yozmoqda Darakchi gazetasi.

Turmush qurganidan 4 oy o‘tib, homilador bo‘lgan ayol oy-kuni yaqinlashganida perinatal markazga olib kelingan. Kesarcha usulida, jarrohlik yo‘li bilan tug‘dirilgan chaqaloq nobud bo‘lgan. Buning ustiga, tug‘ruqdan keyin akusherlik bo‘limiga o‘tkazilgan bemorga tibbiy yordam ko‘rsatishda shifokorlarga xatoga yo‘l qo‘ygan. Ikkinchi bor o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotida kelinchakning bachadoni uning ruxsatisiz olib tashlangan va ayol butunlay farzand ko‘rish imkonidan mahrum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, sud jarayonida Perinatal markaz bo‘lim mudiri D.R. hamda shifokor D.R. aybini tan olmagan. Ammo ularning aybi dalillar bilan o‘z isbotini topgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi sudyasi Abdulla Abdulxayevga ko‘ra, shifokorlarga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Ular, shuningdek, bir yil muddatga sog‘liqni saqlash tizimida ishlash huquqidan mahrum etilgan.

Sud Toshkent shahar perinatal markazi xodimlari attestasiya orqali saralanishi lozimligini ham belgilagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!