SHHTning xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi

SHHTning xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi

Ushbu tashkilot ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashda, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishda faoldir.

SHHT doirasida ayollar hamjamiyati shakllanib ulgurgan va unda nafaqat rejalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi, balki kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar haqida ham ma’lumot almashiladi.

“Mintaqamiz ayollari uchun iqtisodiy mustaqillik farovon hayot eshiklarini ochibgina qolmay, oilaviy va maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, kasbiy o‘sish va mustaqil rivojlanish, o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.

Bugun men ayollar tadbirkorligi tilida, ayollar uchun imkoniyatlar tilida gaplashmoqchiman hamda ayollarning muammolariga yechim topilayotganini ko‘rishni istardim. Va bunda biz shaxsiy erkinlik va moliyaviy mustaqillik yo‘lini tanlagan minglab ayollar bilan hamfikrmiz”, - deb yozdi Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!