SHHTga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi

SHHTga raislik qilish O‘zbekistonga o‘tdi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi sammitida ushbu nufuzli tashkilotga 2021-2022 yillarda raislik qilish O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning SHHTdagi raisligidagi ustuvor vazifalarini bayon qildi. Bular:

  • SHHTning nufuzi va salohiyatini yanada oshirish;
  • ichki mintaqaviy savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • sanoat kooperasiyasi dasturini qabul qilish va bu borada hamkorlikni nazarda tutuvchi markazlarni tuzish;
  • SHHTning Transport bog‘liqligi strategiyasini qabul qilish;
  • SHHT makonida infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
  • kambag‘allikni kamaytirish va oziq-ovqat xavfsizligi sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish;
  • SHHTning xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar forumini ta’sis qilish;
  • SHHTning Ezgu niyat elchisini institutini joriy qilish;
  • turizm sohasida hukumatlararo bitimni ishlab chiqish;
  • yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish.

O‘zbekiston raisligi davrida davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlar bilan birgalikda 80 dan ortiq tadbir o‘tkazish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!