SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 19 avgust kuni Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “SHHTga a’zo davlatlar poytaxtidan Samarqand shahriga harakatlanuvchi avtosayohat” loyihasi va uning doirasidagi “XV xalqaro off-road festivali” yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Lola Rahmonboyeva, vazirlik ommaviy tadbirlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Zarrina Abdullayeva, Toshkent viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Bobojonov, “Pokatushki klub” direktori Otabek Olimjonov va boshqa mas’ul shaxslar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Anjumanda nutq so‘zlagan Lola Rahmonboyeva mazkur avtosayohat O‘zbekiston Prezidentining Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) sammitini yuqori saviyada o‘tkazishga doir topshirig‘iga muvofiq, sammitda Samarqand ruhini aks ettirishga qaratilgan turkum tadbirlardan biri ekanligini alohida ta’kidladi.

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbirda avtosayohat loyihasi va festival ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Zarrina Abdullayeva “XV xalqaro off road festivali” avtoturizm rivojlanishidagi navbatdagi muhim qadam ekanligini qayd etdi.

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Anjumanda nutq so‘zlagan Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Bobojonov esa festival yo‘l tanlamas avtomobillar ishqibozlari, avtoturizm ixlosmandlari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘lganini aytib o‘tdi. Shuningdek, xorijlik turistlarda O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishiga qiziqish ortib borayotganini qayd etdi.

“O‘tgan yili Pskentda o‘tkazilgan “Off-road Pskent 2021” festivalida 500 nafar atrofidagi turist qatnashgan bo‘lsa, bu gal Bo‘stonliqda bo‘lib o‘tgan “XV xalqaro off-road festivali”ga 800 nafar turist tashrif buyurdi. Yakunda ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, – dedi Jamshid Bobojonov. – Mazkur festival xorijliklarning O‘zbekiston avtoturizmiga qiziqishi ortib borayotganini ko‘rsatadi”.

Jamshid Bobojonov, shuningdek, festival davomida atrof-muhitga zarar yetkazilmaganligini ta’kidladi.

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

“Pokatushki klub” direktori Otabek Olimjonov esa festivalni o‘tkazishdagi tashabbuskorlik uchun Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlarga minnatdorlik bildirdi.

“Ushbu festivalning asosiy yutug‘i shundaki, xorijlik avtopoygachilar bilan bevosita tajriba almashildi, – dedi Otabek Olimjonov. – Maqsad avtoturizm orqali O‘zbekistonning eng chekka hududlarigacha yetib borib, yo‘l infratuzilmalarini yaxshilash, avtoturizm borasidagi muammolarni bartaraf yetishdir. Bugun chet ellik turistlar O‘zbekistonda avtoturizm jadallik bilan rivojlanib borayotganidan hayratda ekanliklarini yashirmayaptilar. Ularning yurtimizga bo‘lgan qiziqishlari tobora ortib bormoqda. Bu esa avtoturizmni rivojlantirish uchun juda yaxshi imkoniyatdir”.

Otabek Olimjonov nutqi davomida mahalliy aholi chet elga sayohat qilgandan ko‘ra, o‘z mashinasida O‘zbekistonni tomosha qilishni afzal ko‘rayotganini aytib o‘tdi.

“O‘zbek xalqi mehmondo‘st. Xorijlik turistlarni ana shu jihat o‘ziga ko‘proq jalb qilmoqda. Biz esa xorijlik avtoturistlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi bilan qator loyihalar ishlab chiqyapmiz”, – dedi u.

Matbuot anjumani davomida kelgusida mamlakatimizda avtoturizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oldinda turgan yangi loyihalar haqida fikr almashildi. Shuningdek, OAV xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

SHHTda Samarqand ruhi: avtosayohat loyihasi va “XV xalqaro off-road festivali”ga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbir so‘nggida "Pokatushki klub" tomonidan Turizm va madaniy meros vazirligiga festivalning ramziy belgisi topshirildi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro off-road festivali – djip turizm ixlosmandlari tashabbusi bilan 2006 yildan beri o‘tkazib kelinadi. O‘zbekiston esa 2021 yil oktyabr oyida Gruziyada bo‘lib o‘tgan off-road forumida ochiq ovoz berish yo‘li orqali 2022 yildagi festivalga mezbonlik qilish imkoniyatini qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, SHHTda Samarqand ruhini aks ettirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, Samarqandda SHHT mamlakatlari rassomlari ko‘rgazmasi tashkil etilgani, “Samarqand-2022” Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumiga start berilgani, xorijlik rassomlar ishtirokidagi plenerning ikkinchi bosqichi boshlangani shular jumlasidandir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!