SHHT yig‘ilishining so‘nggi delegasiyasi kutib olindi

SHHT yig‘ilishining so‘nggi delegasiyasi kutib olindi

Ertaga bo‘lib o‘tadigan SHHTga a’zo davlatlarning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha vazirlik hamda idoralari rahbarlari asosiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi so‘nggi delegasiya poytaxtimizga keldi. SHHT Bosh kotibi Chjan Min boshchiligidagi delegasiya I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

Yuqori martabali mehmonlarni Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi. Poytaxtimizga safari davomida Chjan Min janoblariga tashkilot kotibiyatining 2-toifali eksperti Inchuan Fan, departamenti xodimi Xaynin Chjen va katta ekspert Nurali Irzayev hamrohlik qilishadi. Shu tariqa, tadbirda qatnashishi ko‘zda tutilgan so‘nggi delegasiya ham Toshkentga yetib keldi.

Ma’lum qilganimizdek, 20 may sanasida mazkur yig‘ilishning asosiy tadbirlari tashkil etiladi. Shu bilan birga, Toshkentga kelgan delegasiya vakillari Milliy Olimpiya qo‘mitasiga ham safar uyushtiradi. Bundan tashqari, mehmonlar Toshkent viloyatining sport infratuzilmasi bilan ham tanishishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!