SHHT yig‘ilishi ishtirokchilari O‘zbekiston MOQda mehmon bo‘lishdi

SHHT yig‘ilishi ishtirokchilari O‘zbekiston MOQda mehmon bo‘lishdi

Sportni rivojlantirish vazirligida SHHTga a’zo mamlakatlar vakillarining jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha vazirlik hamda idoralari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilish yakunlangach mehmonlar O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi. Delegatlarni Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov va MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov qarshi olishdi.

Dastavval ularga o‘zbek sportining Mustaqillik davrida qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari haqida ma’lumot berildi. MOQ rahbariyati bu g‘alabalar zamirida Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratayotgan katta e’tibori turganini alohida ta’kidladilar.

Shundan so‘ng hamkor mamlakatlar vakillari uchun Qo‘mita binosi va uning qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Unda xorijlik mutasaddilarga tibbiyot markazida ishlayotgan tor doiradagi shifokorlar, Markaz faoliyati, atletlarimizning salomatligi qanday nazorat qilinishi, o‘tkaziladigan turli tekshiruvlar haqida so‘zlab berildi.

Tadbir yakunida Oybek Kasimov yuqori martabali mehmonlarga O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining esdalik sovg‘alarini topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!