SHHT bosh kotibi Vladimir Norov Tog‘li Qorabog‘dagi keskin vaziyat yuzasidan bayonot berdi

SHHT bosh kotibi Vladimir Norov Tog‘li Qorabog‘dagi keskin vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Tog‘li Qorabog‘ nizosi keskinlashganidan xavotir bildirdi.

«Tashkilot tomonlarning tez vaqt ichida kuch qo‘llashni to‘xtatishi va mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish tamoyili asosida muzokaralar jarayoni boshlanishiga umid bildiradi», - deyiladi SHHT bosh kotibi Vladimir Norov bayonotida.

Bundan tashqari, SHHT Ozarboyjon va Armaniston bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabr kuni tongda Tog‘li Qorabog‘da Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida harbiy ziddiyat yana tiklandi. Ikki mamlakatda ham harbiy holat e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!