Sherobod va Qiziriq tumanlarida un mahsulotlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Sherobod va Qiziriq tumanlarida un mahsulotlarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.A.” MCHJga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi J.S. o‘ziga ishonib topshirilgan 479,1 mln so‘mlik un mahsulotini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Sherobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.A.” MCHJga qarashli do‘kon sotuvchisi G.M. o‘ziga ishonib topshirilgan 119,1 mln so‘mlik un mahsulotini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!