Shavkat Mirziyoyev ajratilgan kreditlarni qaytarish masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev ajratilgan kreditlarni qaytarish masalasiga to‘xtalib o‘tdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda.

Yig‘ilishda ilgari ajratilgan kreditlarning qaytarilishi masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

"Hokimlar bu mablag‘larni qaytarishni o‘ylamasa, oilaviy tadbirkorlik qayerdan bo‘ladi? Axir bu pullar qaytsa, yana tumanning o‘ziga beriladi-ku!", - dedi Prezident.

Mutasaddilarga ushbu masalani qat’iy nazoratga olish topshirildi.

Shuningdek, bandlik vaziriga yangi vazirlikka byudjetdan ajratilgan 1,5 trillion so‘mni avvalo eng og‘ir mahallalarda kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bosh vazir o‘rinbosariga, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birga jalb qilingan 135 million dollarlik kredit liniyasi bo‘yicha og‘ir mahallalar kesimida tadbirkorlik loyihalari paketini shakllantirib, ushbu mahallalarda kamida 50 ming aholini band qilish vazifasi qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!