Shavkat Mirziyoyev yana bir dolzarb mavzuda videoselektor o‘tkazmoqda

Shavkat Mirziyoyev yana bir dolzarb mavzuda videoselektor o‘tkazmoqda

2017 yildan boshlab O‘zbekistonda barcha manbalar hisobidan 83 milliard dollar o‘zlashtirilgan. Shundan 26,8 milliard dollarini xorijdan jalb qilingan mablag‘lar tashkil etadi.

- Har bir dollar davlatimizga foyda keltirishi kerak. Investisiya investisiya uchun emas, ish o‘rni yaratilishi, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun o‘zlashtirilishi kerak. Loyihalarning samarali ishlashi uchun esa korxonaning aylanma mablag‘i, gazi, elektr energiyasi, eksporti nima bo‘lyapti- bular bilan doim shug‘ullanish lozim, — dedi prezident.

Ayni paytda respublika bo‘yicha 19 mingta bo‘sh turgan va past quvvatlarda ishlayotgan ob’ektlar mavjud.

- Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakatimizda qo‘shnilarni ham hisobga olganda, mebel mahsulotlari bozori 2,5 milliard dollarga teng va bu biz uchun juda katta imkoniyat. Lekin, bugungi kunda respublika bo‘yicha 5,5 mingta mebel korxonasidan 1,5 mingtasi aholi xonadonlarida joylashgan bo‘lib, ularni sanoatlashtirish orqali, kamida mingta loyihalarni amalga oshirish mumkin. Misol uchun, Xorazmdagi mebelsozlarning 44 foizi Xonqada joylashgan. Tumandagi “Istiqlol”, “Barkamollik”, “Paxtagul” va “Vatanparvar” mahallalarida 100 dan ziyod oila o‘z xonadonlarida mebel ishlab chiqaradi.

Davlat rahbari 15 ta hudud- Nukus, Andijon, Oltinko‘l, Romitan, Qarshi, Karmana, Pastdarg‘om, Uzun, Bag‘dod, O‘rtachirchiq, Xonqa tumanlari, Jizzax, Qarshi, Namangan va Yangiyer shaharlarida klaster shaklidagi mebelchilik kichik sanoat zonalari tashkil etilib, 200 million dollarlik 450 ta loyiha joylashtirilishi va kamida 7,5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilishi bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev bir oy muddatda bo‘sh turgan va past samarali ob’ektlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazib, elektron platformasini yaratish bo‘yicha rahbarlar va hokimlarga topshiriq berdi.

Davlat rahbarining ko‘rsatmasiga ko‘ra, viloyat, tuman va shahar hokimlarining investisiyalar bo‘yicha o‘rinbosarlariga har bir ishlamayotgan bunday ob’ektlar nomma-nom biriktiriladi va yil yakuniga qadar kamida 150 ming yangi ish o‘rni yaratishga mas’ul va javobgar bo‘ladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!