Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziri va hokimlarning asosiy vazifasini belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziri va hokimlarning asosiy vazifasini belgilab berdi

Shavkat Mirziyoyev Xalq ta’limi vaziri va hokimlarning asosiy vazifasini belgilab berdi. Bu haqda Prezident hozir bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

"...Xalq ta’limi vaziri, viloyat, tuman va shahar hokimlarining asosiy vazifasi-maktab ta’limi sifatini oshirish, kelgusi besh yilda maktablarda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish hamda darsliklarni yangilashdan iborat bo‘ladi. Bu borada joriy yilda darsliklarni yangilashga ajratilayotgan 600 milliard so‘mdan samarali foydalanish zarur. Bu juda katta pul, buni topish og‘ir, ammo sifatli, mazmunli darslik maktablarga juda zarur", - dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!