Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgradda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgradda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgradda tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahrida davlatimiz rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi.

Oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich, Birinchi xonimi Tamara Vuchich, Xalq majlisi Raisi Ana Brnabich, Bosh vazir Juro Masut va boshqa rasmiy shaxslar qutladilar.

Tadbirda O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifining tarixiy ahamiyati, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani alohida ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Serbiya xalqlari o‘rtasidagi aloqalar an’anaviy do‘stona ruhda rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston delegasiyasining tashrifi sharafiga “Kula Belgrad” osmono‘par binosi O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i ranglarida yoritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Aeroportda yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasi vafot etdi

Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар маълумоÑ