Shavkat Mirziyoyev qarori bilan yangi institut tashkil etildi

Shavkat Mirziyoyev qarori bilan yangi institut tashkil etildi

Prezident qarori (PQ–5261-son, 16.10.2021 y.) bilan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etildi.

🔰 Mazkur Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi.

✅ Institut milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi.

📌 Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

☑️ 2022/2023 o‘quv yilidan Institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika OTMga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

➡️ 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar Konservatoriyadan Institutga o‘tkaziladi:

🔘 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
🔹Professional ta’lim: vokal san’ati (estrada xonandaligi);
🔹Professional ta’lim: cholg‘u ijrochiligi (estrada cholg‘ulari);
🔹Dirijyorlik: estrada orkestri dirijyorligi;
🔹Vokal san’ati: estrada xonandaligi;
🔹Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari;
🔹Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi.

🔘 Magistratura mutaxassisliklari:
🔹Vokal san’ati: estrada xonandaligi;
🔹Cholg‘u ijrochiligi: estrada cholg‘ulari.

➡️ Shuningdek, Institutda 2022/2023 o‘quv yilidan quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar yangi ochiladi:

🔘 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
🔹Bastakorlik san’ati;
🔹San’atshunoslik: musiqashunoslik.

🔘 Magistratura mutaxassisliklari:
🔹Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi;
🔹Musiqa san’ati.

📃Institut bitiruvchilariga oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!