Shavkat Mirziyoyev: "Qani shuncha mutaxassis?"

Shavkat Mirziyoyev: "Qani shuncha mutaxassis?"

Prezident Shavkat Mirziyoyev Konstitusiyaning 26-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda O‘zbekistonda mehnat bozori o‘rganilmaganini afsus bilan qayd etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Prezident shu o‘rinda joriy yilda yo‘lga qo‘yilgan klaster tizimini tilga oldi.

"Klaster tizimini tajriba qilganlar daromad bilan chiqdi, lekin klaster tizimi kadr kerak - suvchi, yer tuzuvchi, ekologlar kerak. Yo‘q bizda ular! Klasterlarga, katta-katta chorva fermalarga boringlar - hammasi quyi pog‘onadagi mutaxassislarni chetdan olib kelgan", - dedi Mirziyoyev va "Shuncha kollejlarning mutaxassislari qani?" degan savolni o‘rtaga tashladi.

O‘zbekiston rahbari afsus bilan mamlakatda kasb tarbiyasi mavjud emasligi, mehnat bozorini o‘rganish masalasi bilan hech kim jiddiy shug‘ullanmayotganini aytdi.

"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektorida bo‘ladigan talabni kamida 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash chorasini ko‘rish vaqt-soati keldi", - deb xulosa qildi prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!