Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Rossiyaga tashrif buyuradi

Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘zbekiston prezidenti rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, uni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Prezidentlar kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan Rossiya Federasiyasiga oliy darajadagi davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildilar”, - deyilgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!