Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni aytdi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni aytdi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarni aytdi.

- 127 mingdan ziyod aholi ishsiz bo‘lib, har yili mehnat bozoriga qo‘shimcha 42 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 27 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

- Mingbuloq, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Chustda ichimlik suvi ta’minoti darajasi juda past, 27 ta mahalla esa markazlashgan ichimlik suvi bilan umuman ta’minlamagan.

- viloyatda uy-joyga ehtiyoj katta. Birgina Namangan shahrida kelgusi besh yilda aholi 1 million nafarga yetishi hisobiga, qo‘shimcha 52 mingta uy-joyga ehtiyoj mavjud.

- qishloq va suv xo‘jaligida Kosonsoy, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘onda suvsizlik sababli 19 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari ishlatilmayapti.

- sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarida ham, hali yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar mavjud. Viloyatda 709 ming nafar yoki 25 foiz aholining surunkali kasalligi bor.

Namangan shahri (47 foiz), Chortoq (53 foiz) va Kosonsoyda (54 foiz) maktabgacha ta’lim qamrovi juda past (viloyatda 68 foiz). Ayniqsa, 58 ta mahallada bog‘cha umuman yo‘q.

Viloyatdagi 37 ta maktab quvvatiga nisbatan 2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!