Shavkat Mirziyoyev Maykl Kurilla boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Maykl Kurilla boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi amaliy aloqalarni davom ettirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga, shu jumladan ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi tashabbus va dasturlarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!