Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

So‘nggi besh yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. O‘zbekistonda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida qariyb 2000 ta qo‘shma korxona ochilgan.

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

Bugun, 8 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shular haqida ma’lumot berib o‘tildi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

"Mamlakatimizda kichik biznesni yanada rivojlantirish maqsadida hududlarning investision jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muxokama qilindi",-deyiladi unda.

O‘zbekiston yetakchisi ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!