Shavkat Mirziyoyev "Loyiha guruhi" nomli yangi tashabbusni Pop tumani misolida tushuntirdi

Shavkat Mirziyoyev "Loyiha guruhi" nomli yangi tashabbusni Pop tumani misolida tushuntirdi

Kelgusi besh yilda Namanganda 7 milliard dollarlik 10 mingdan ziyod investisiya loyihalari amalga oshirilib, 150 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Masalan, Pop tumanida “Loyiha guruhi” tuzilib, uning ishiga Strategik rivojlanish agentligi va investisiya kompleksiga kiruvchi barcha idoralar jalb qilinadi.

“Loyiha guruhi” tumanning iqtisodiy salohiyati, barcha tabiiy boyliklari, noruda qazilmalari, geografik joylashuvi, eksport bozorlarining yaqinligi va boshqa imkoniyatlarini chuqur tahlil qilib, aniq loyihalarni shakllantiradi.

Shuningdek, kichik geologiya ekspedisiyasi tashkil qilinadi va “Loyiha guruhi” bilan hamkorlikda ishlaydi hamda noruda konlaridan foydalanish uchun lisenziya berish tizimi yanada soddalashtiriladi.

Masalan, Pop tumanida noruda qazilmalari zaxiralari asosida shisha, keramogranit, bezak toshlari, bazalt va boshqa qurilish materiallari sanoati loyihalari ishlab chiqariladi.

Har yili tumanda 10 – 15 ta tadbirkor tanlab olinib, ularning faoliyatini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash orqali kichik tadbirkorlarni yetaklovchi lokomotiv tadbirkorlarga aylantirish choralari ko‘riladi.

“Loyiha guruhi” tomonidan ishlab chiqilgan investisiya loyihalari ushbu tadbirkorlar ishtirokida alohida tashkil qilinadigan “Xolding kompaniyasi” tomonidan amalga oshirilib, loyiha qiymatining
30 foizgacha bo‘lgan qismi O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Ushbu maqsadlar uchun har bir tumanga Jamg‘arma yiliga 15 million dollar ajratadi.

Eng muhimi – viloyat hududida yer maydonlari tanqisligini inobatga olib, yangi ishlab chiqarish quvvatlari 3-4 yoki undan ortiq qavatli binolarda joylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!