Shavkat Mirziyoyev: Kelgusi besh yilda poytaxtda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan

Shavkat Mirziyoyev: Kelgusi besh yilda poytaxtda Internet tezligini 5 barobarga, raqamli xizmatlar hajmini 3 barobarga oshirish rejalashtirilgan

- shaharda quriladigan har bir ko‘p qavatli uy-joy, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va boshqa ob’ektlar yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan jihozlanishi shart bo‘ladi;

- mavjud 2 mingta tibbiyot tashkilotlari, bog‘cha, maktab, oliygoh va mahalla idoralari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanadi;

- barcha metro stansiyalari, avtobus bekatlari va boshqa jamoat joylari simsiz Internet tarmog‘i bilan ta’minlanadi;

- davlat xizmatlari va pensiya tizimi to‘liq raqamlashtiriladi;

- shahar aholisi uchun yagona tibbiy karta, tibbiy sug‘urta va elektron resept axborot tizimlari ishga tushiriladi.

-barcha tumanlarda “Xavfsiz shahar” tizimi joriy etiladi.
Bunda sun’iy intellekt qurilmalaridan keng foydalangan holda, aholi gavjum joylar, dam olish maskanlari, vokzal va aeroportlar hamda chorrahalarda shaxsni identifikasiya qilish imkoniyati yaratiladi.

- Mirzo Ulug‘bek tumanida “AyTi park” foydalanishga topshirilib, raqamli mahsulotlar hajmi 100 million dollarga yetkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!