Shavkat Mirziyoyev: "Hozir ko‘pchilik darsga bormay, pul berib, haydovchilik guvohnomasini olyapti. Nimaga? O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?"

Shavkat Mirziyoyev: "Hozir ko‘pchilik darsga bormay, pul berib, haydovchilik guvohnomasini olyapti. Nimaga? O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?"

Shavkat Mirziyoyev yo‘llarda sodir bo‘lgan avtofalokatlar haqida gapirdi.

- Har oy menga har ko‘cha va har mahallada nega YTH bo‘layotgani sabablari haqida hisobot berasizlar. Yo‘llarda xavfsiz harakatlanishga sharoit yaratish, avariya va o‘lim holatlarini keskin qisqartirish, buning uchun harakatlarni boshqarishni to‘liq raqamlashtirishi zarur.

Umuman, haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi, dedi prezident. - Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Biz o‘qiganimizda 3 yil haydovchilikka o‘qitgan. Hozir darsga bormay, pul berib guvohnoma olyapti. Nimaga? O‘zbekistonda qonun yo‘qmi?

Shavkat Mirziyoyev bu muammoni bartaraf qilish uchun avvalo o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish “jinoyati”ga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha bir oy muddatda qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!