Shavkat Mirziyoyev: "Har bir hokim bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi"

Shavkat Mirziyoyev: "Har bir hokim bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi"

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“O‘quv yili deyarli yakunlandi. Oldimizda 404 ming nafar o‘rta ta’lim, 151 ming nafar kasb-hunar ta’lim, 125 ming nafar oliygoh bitiruvchilari, jami 680 ming nafar yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifa turibdi”, dedi Prezident.

Shu maqsadda barcha hokimlar:

- bitiruvchilar bilan shaxsan uchrashadi;

- ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali uchrashuvlarning aniq vaqti, joyi va telefonlarini e’lon qiladi;

- uchrashuvlarda rektorlar, yirik ish beruvchilar, korxona va klasterlar, mutasaddi idoralar rahbarlari ham ishtirok etadi;

- bitiruvchilarning ishga ehtiyoji, qiziqishi va ko‘nikmalarini o‘rganib, ularning balansini shakllantiradi;

- ish beruvchilarning ehtiyojidan kelib chiqib, monomarkazlarda kasbga tayyorlashni tashkil etadi.

Bu ishlarni amalga oshirish uchun joylarda doimiy ishlaydigan shtablar tuzilishi, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar va ularning ota-onasi bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishi, kelib tushadigan har bir murojaat tezkor ko‘rib chiqilishi shartligi belgilandi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilar axborot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!