Shavkat Mirziyoyev haqida film suratga olinadi. Prodyuseri Saida Medvedeva

Shavkat Mirziyoyev haqida film suratga olinadi. Prodyuseri Saida Medvedeva

Rossiyaning "Masterskaya" studiyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqida hujjatli film suratga olishga kirishdi. Film O‘zbekiston Prezidenti ma’muriyatining buyrug‘iga binoan "O‘zbekkino" bilan birgalikda suratga olinadi.

Suratga olish ishlari shu yilning avgust oyida – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlaridan oldin yakunlanishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonda Prezident saylovi shu yilning 24 oktyabrida bo‘lib o‘tadi.

Rossiyaning "Masterskaya" kinokompaniyasi 2015 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida "Prezident. Yangi Rossiyaning tarixi" filmini suratga olgandi.

Filmning prodyuseri "Masterskaya" kinokompaniyasining asoschisi – Olmaotadan Saida Medvedevadir.

Medvedeva suratga olish ishlarini boshlash uchun shu oyning boshida Toshkentga kelgandi. Rasmiy ravishda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan filmning namoyishi mamlakat mustaqilligi kuni – 1 sentyabrga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!