Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 28 noyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining o‘n beshinchi sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish, eng avvalo savdo munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish, “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish va innovasiyalarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammitning yakuniy hujjatini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Turkmanistonga tashrif dasturi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) mintaqaviy ko‘p tomonlama tuzilma bo‘lib, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida 1985 yilda tashkil etilgan.

Bugungi kunda tashkilotga O‘zbekiston, Turkiya, Eron, Pokiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. Mamlakatimiz IHTga 1992 yilda qo‘shilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!