Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga nega tashrif buyurganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga nega tashrif buyurganini aytdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.

Davlat rahbari korteji dastlab Qo‘shtepa tumanidagi «Tursunov Yusufjon yeri» fermer xo‘jaligi yonida to‘xtadi. Bu yerda 50 gektar g‘alla, 30 gektar paxta yetishtirilmoqda. Prezidentimiz g‘alla rivojini ko‘zdan kechirdi. Gektaridan 82 sentner hosil olish kutilmoqda.

Shu yerda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va qo‘shtepalik fermerlar bilan muloqot bo‘ldi.

- Har bir hududning yeri, resurslari, imkoniyatlari o‘ziga xos. Bugun Farg‘onaga kelishimizdan maqsad - bu imkoniyatlarni to‘liq safarbar qilib, odamlarga ish o‘rni, daromad manbai uchun sharoit yaratish, har bir tuman bo‘yicha aniq reja shakllantirish. Qanday mehnat qilsak, shunday hayot bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xo‘jalik dalasi yonida «Grapes and Gardens Investment» kompaniyasi tomonidan intensiv bog‘ ham yaratilgan. 100 gektarda o‘rik, 52 gektarda gilos ekilgan. Tomchilatib sug‘orish, sun’iy soya qilish uskunalari o‘rnatilgan.

Ispaniya va Fransiyadan keltirilgan o‘rik navining hosildorligi juda yuqori. Bu eksportda muhim omil bo‘ladi. Bugungi kunda bog‘ uchastkalari kooperasiya asosida tajribali tadbirkorlarga berilmoqda.

Davlatimiz rahbari daraxt qatorlari orasiga sarimsoqpiyoz va dukkakli ekinlar ekish, bunday bog‘larni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda qishloq xo‘jaligi va agrosanoat loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!