Shavkat Mirziyoyev Erdog‘an bilan qo‘ng‘iroqlashdi

Shavkat Mirziyoyev Erdog‘an bilan qo‘ng‘iroqlashdi

6 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirdilar.

Shu bilan birga, davlat rahbarlari vujudga kelgan holatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlab o‘tdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!