Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida qat’iy ekanliklarini ta’kidladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!