Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni g‘alaba bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni g‘alaba bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan qutladi.

Davlatimiz rahbari o‘z maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga bo‘lgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperasiya bo‘yicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirdi.

Davlatimiz rahbari Aleksandr Lukashenkoga mustahkam sog‘lik, farovonlik va yangi zafarlar, do‘st Belarus xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!