Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi Amirligi valiahdi bilan koronavirus haqida suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi Amirligi valiahdi bilan koronavirus haqida suhbatlashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Koronavirus tarqalishining ikki tomonlama hamkorlik sur’atiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!