Shavkat Akbarov: "Har bir murojaat alohida nazoratda"

Shavkat Akbarov: "Har bir murojaat alohida nazoratda"

Milliy gvardiya boshqarmasiga kelib tushgan topshiriqqa ko‘ra O‘zbekiston tumani Sho‘rsuv shaharchasida yashovchi fuqaro Sveta Grebnova uyiga polkovnik Shavkat Akbarov boshchiligida ishchi guruhi tashrif buyurib fuqaroga amaliy yordam berildi.

Shavkat Akbarov: "Har bir murojaat alohida nazoratda"

Xususan, yashab turgan xonadoniga usta tushirilib, keng miqyosda ta’mirlash ishlari boshlandi.

2 yoshli o‘g‘li Maktabgacha ta’lim muassasasiga joylanib, qizning bandligini ta’minlash maqsadida Aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish markazi tomonidan Monomarkazda tashkil etilgan 3 oylik kurslarda hunar egallashi uchun o‘qishga joylandi.

"Men o‘quv kursini tamomlab, chevarchilikni o‘rganganimdan so‘ng tikuv mashina berishlarini kafolatlab berishdi, o‘qish davomida 3 oy 700 mingdan stipendiya olishini eshitib, ochig‘i xursand bo‘ldim. Farzandim ham bog‘chaga imtiyozli tarzda joylandi. Uyim o‘z ko‘nglimdagidek bo‘lib ta’mirdan chiqarilmoqda. Yashash uchun kerak bo‘lgan barcha jihozlar O‘zbekiston tumani hokimligi tomonidan olib berilishi haqida, tuman hokimi Sherzod Akramovich uyimga kelib aytib ketdi. Barchasi uchun Prezidentimizga cheksiz tashakkur", – deydi Qo‘qon shahridagi 12-Mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi S. Grebnova.

Shavkat Akbarov: "Har bir murojaat alohida nazoratda"Shavkat Akbarov: "Har bir murojaat alohida nazoratda"

"Milliy gvardiya boshqarmasiga kelib tushgan har qanday murojaat alohida nazoratga olinib, iloji boricha masalaga yechim berilmoqda", — deydi Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik SH.Akbarov.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlar davom etmoqda.

Shermuhammad Dehqonov, huquqshunos bloger


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!