Sharof Rashidov tumanida tadbirkorning kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Sharof Rashidov tumanida tadbirkorning kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Q.S. “Q.M.” fermer xo‘jaligi rahbari O‘.ning ishonchiga kirib, fermer xo‘jaligiga ajratilgan kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan 34 bosh chorva mollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!