Shanxay portidagi tirbandlik kuchaymoqda

Shanxay portidagi tirbandlik kuchaymoqda

20 mingdan ortiq kasallanganlar ro‘yxatga olingan Shanxaydagi kovid bilan bog‘liq vaziyat mahalliy port ishiga ta’sir ko‘rsata boshladi, deb ma’lumot bermoqda «Xabar 24». Amerikaning «ForKayts» kompaniyasi tahlilchilarining xulosasiga ko‘ra, o‘tgan oyda dengiz orqali yuk tashish 25 %ga pasaygan.

Shanxay porti 12 yildan buyon uzluksiz ravishda dunyodagi eng yirik konteyner porti mavqeini ushlab turibdi. U 2021 yilda Yevropadagi eng katta — Rotterdam portidan deyarli uch barobar ko‘p 20 futlik ekvivalentda 47 mln birlikdan ziyod yukni qabul qilgan. Shaharning karantinga yopilishi muhim logistik zanjirlar uzilishiga sabab bo‘ldi: Windward tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozir Xitoy doklarida 506ta kema to‘xtab qolgan — bu fevraldagi ko‘rsatkichdan 195%ga ko‘p bo‘lib, jahon portlarida yuk kutayotgan kemalarning 27,7%ini tashkil qilmoqda.

Shanxayda shuningdek, Xitoydagi eng yirik SMIC yarimo‘tkazgichlari ishlab chiqaruvchisi ham joylashgan. Bundan tashqari, Shanxayda muhim avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqariladi.

Qolaversa, Shanxay — bu Xitoy ichkarisidagi xalqaro savdo hamda biznes markazidir. 2021 yil yakunida shaharda Tesla, Apple va Coca-Cola singari transmilliy korporasiyalarning 800dan ortiq hududiy shtab-kvartiralari bor edi. Shanxay fond birjasi bozor kapitallashuvi ko‘rsatkichi bo‘yicha Nyu-York va Londondan so‘ng uchinchi o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!