"Shamsutdinov ishi" tugadi: qotil 24,5 yilga qamaldi

"Shamsutdinov ishi" tugadi: qotil 24,5 yilga qamaldi

Bundan ma’lum vaqt oldin Rossiyada askar Ramil Shamsutdinov safdoshlarini otib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramil uni ranjitgan askarlarga qarata o‘q uzgan. Natijada 8 askar o‘lgan, ikkitasi jarohatlangan. Fojia 2019 yil 25 oktyabr kuni yuz bergandi.

Sud Shamsutdinovga yakuniy hukm chiqardi. Unga ko‘ra, Ramil 24,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shamsutdinov jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!