Shamollash mavsumidagi foydali mahsulotlar qaysi? Parhezshunos javob berdi

Shamollash mavsumidagi foydali mahsulotlar qaysi? Parhezshunos javob berdi

Mavsumiy shamollash kasalliklarini oldini olish uchun tabiiy antibiotiklardan foydalanish mumkin deydi, shifokor-parhezshunos Tatyana Zaletova.

Shifokorning aytishicha, tabiiy antibiotiklar immun tizimini kuchaytiradi.

“Eng mashhur tabiiy antibiotik -sarimsoq. Tadqiqotlarda chindan ham sarimsoq immun tizimini faollashtirishi va viruslarga qarshi kurashishini isbotlangan. Shamollash mavsumida ko‘proq iste’mol qilish virusli kasalliklardan himoyalaydi” , - deydi shifokor.

Bundan tashqari, rayhon o‘simligi ham organizmga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

"Rayhon - dezinfeksiyalovchi va bakterisid xususiyatlarga ega. U oziq-ovqatlar bakteriyalari bilan kurashishga ham yordam beradi”, - deydi mutaxassis.

Biroq, shamollagan, mavsumiy kasalliklarga uchraganda shifokor tavsiya qilgan tibbiy dori vositalarini iste’mol qilish kerak. Tabiiy antibiotiklar kasallikni oldini olishda samarali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!