Shahzodaning marhum turmush o‘rtog‘ini xotirlashdi

Shahzodaning marhum turmush o‘rtog‘ini xotirlashdi

Ssenariynavis, jurnalist va boshlovchi Ruslan Saliyev Feysbukdagi sahifasida xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi, Shahzodaning sobiq turmush o‘rtog‘i - "Tarona rekords" asoschisi Ravshan Yo‘loshev haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Ruslan Salixovning yozishicha, Ravshan Yo‘ldoshev bilan uni hayotining qisqa, ammo juda bir yorqin lahzasi bog‘lab turadi.

"Sky, "Nochnoy Dozor" va A'Studioning "Uletayu" albomidagi qo‘shiqlar hammuallifligidan omad menga kulib boqqach, yaqinlarim bilan ko‘rishish va dam olish uchun bir oyga jonajon va sevimli Toshkentimga keldim. Bir necha kundan so‘ng menga "Tarona Rekords"dan qo‘ng‘iroq qilishdi, va Ravshan Yuldashev men bilan uchrashib, bir loyihani muhokama qilmoqchi ekanligini aytishdi. Biz qisqa vaqt va ish yuzasidan muloqotda bo‘ldik. Kompaniyaning yangi loyihasi - yosh reper Shahriyor paydo bo‘lgan bo‘lib, menga uning debyut albomi uchun bir nechta treklarga prodyuserlik qilish taklif etilayotgandi. Bu taronalar o‘zbek bozoridagi treklardan tubdan ajralib turishi kerak edi. Biz kelishdik va Shahrining debyut plastinkasi ustida ishni boshlab yubordik. Bir ish ortidan ikkinchi ish paydo bo‘lib, men Toshkentda bir yilcha qolib ketdim. Bu orada shov-shuv qozongan "Bo‘rilar" filmiga saundtreklarga prodyuserlik qilishga va Shahzodaning rus tilidagi albomi uchun qo‘shiqlar yozishga ulgurdim", - deya esga oladi Ruslan Salixov.

<...> Jurnalist, shuningdek, o‘z xotiralarida o‘sha vaqtda "Tarona"da ajoyib muhit hukm surganini, Ravshan Yo‘ldoshev esa uning xotirasida faqat yaxshi tomonlama muhrlanib qolganligi haqida yozgan.

"Ravshan Yuldashev mening xotiramda ziyoli, aqlli, xuddi hozirgina atelyedan kelgandek orasta kiyingan, dono va aql bovar qilmas darajada vazminligi bilan xotiramda qoladi. Uning yuz ifodasiga qarab, tinglayotgan trekidan qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotganini: deylik, unga yoqyaptimi, u befarqmi yoki nimadir unga manzur emasmi - bilib bo‘lmas edi. U o‘z fikrini bildirganidagina hammasi ayon bo‘lardi. U mening xotiramda har bir so‘z qadrini bilgan intizomli inson sifatida muhrlanib qoladi. Bundaylar hozir juda kam. So‘nggi bor u bilan 10 yil oldin suhbatlashganman. O‘shanda menga samimiy tabassum bilan "negadir ancha bo‘libdi, kelmaganingga, mehmonga kel, kutamiz", degan edi. Kuni kecha Ravshan aka olamdan o‘tdi. U - o‘z davrining haqiqiy afsonasidir. O‘zining kamtarligi tufayli hech qachon sahna oldida bo‘lishni istamagan inson endi O‘zbekiston zamonaviy musiqa tarixida aynan peshsahnada qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!