Shahzoda Garri va Megan Markl qizli bo‘ldi. Qizaloqning ismi...

Shahzoda Garri va Megan Markl qizli bo‘ldi. Qizaloqning ismi...

Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl qizli bo‘lishdi. Bu haqda Britaniya birinchi oilasi rasman e’lon qildi.

Xabarda aytilishicha, qizaloqqa Lilibet Diana deb ism qo‘yishgan. U 4 iyun juma kuni mahalliy vaqt bilan 11:40 da Kaliforniyadagi Santa-Barbara kasalxonasida dunyoga kelgan. Chaqaloq o‘zini yaxshi his qilayotgani va allaqachon ota-onasi bilan uyiga ko‘chib o‘tgani aytildi.

Chaqaloqqa Lilibet Diana ismi buvisi va katta buvisi sharafiga qo‘yilgan. Britaniya qirolichasi Yelizaveta II'ni qirollik oilasidagilar Lilibet deb atashadi. Diana esa shahzoda Garrining vafot etgan onasi malika Diana sharafiga tanlangan ism. Lilibet Diana Britaniya qirollik oilasining 11-evarasi hisoblanadi. Chaqaloq tug‘ilishi bilan juftlikni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson tabrikladi.

Shahzoda Garri va sobiq aktrisa Megan Markl 2018 yil turmush qurgan va ularning oilasida 2019 yil 6 may kuni birinchi farzand Archi tug‘ilgandi. Juftlik 2020 yil aprel oyida qirollik oilasini tark etgan va bunga sabab sifatida oiladagi sodir bo‘layotgan kamsitishlarni keltirgandi. Garri va Meganning Opra Uinfriga bergan intervyusi Britaniyaning birinchi oilasi haqida turli xil mish-mishlarni paydo qilgandi.

Garri qirollik oilasini tark etgan bo‘lsa-da, shahzoda unvonini saqlab qolgan. Bu unvon unga tug‘ilganidayoq berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!